Sad · 12/88
Tarjima Translit — Sad surasi
كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ ذُو الْأَوْتَادِ ۝١٢
Kazzabat qablahum qawmu Lootinw-wa `Aadunw wa Fir`awnu zul awtaad
📖 O'zbek tilida
Улардан олдин ҳам Нуҳ қавми, Од, қозиқлар эгаси Фиръавн ҳам ёлғончи қилган.

🎧 Tingla
📜

Tarjima — Tafsir

Kalimalarning ma'nolari:

  • «Zul-avtod» — «qoziqlar egasi» degani. Bu yerda Fir'avnning mustahkam binolari, qudratli hokimiyati va odamlarni qoziqlarga mixlab azoblaganligi nazarda tutilgan.

Tafsir:

Ey Muhammad! Makka mushriklari sizni yolg'onchi qilishlari sizni xafa qilmasin. Chunki ulardan oldin ham shunday kufr va takzib qilgan ummatlar bo'lgan. Ulardan avval Nuh qavmi, Od qavmi va Fir'avn — o'sha mustahkam binolar sohibi bo'lgan, odamlarni qoziqlarga mixlab azoblagan zolim hukmdor ham Payg'ambarlarni yolg'onchi qilgan edi. Shuningdek, Samud qavmi, Lut qavmi va «Ayka» (daraxtzor) egalari — Shuayb alayhissalomning qavmi ham shunday qilgan edi. Bu ummatlarning barchasi kufr va takzibda birlashib, Payg'ambarlarga qarshi ittifoq tuzgan edilar. Ulaming har biri o'z Payg'ambarini yolg'onchi qildi, natijada ularning barchasiga Allohning azobi tushdi va jazosi haq bo'ldi. Endi bu mushriklar ham o'shalarning yo'lidan borayotgan bo'lsalar, ular ham xuddi shunday jazoga duchor bo'lishlarini bilishlari kerak.

Foydalar:

  • Payg'ambarlarni yolg'onchi qilgan har bir ummat oxir-oqibat halokatga uchraganini bilish mo'minlarga sabr va bardosh bag'ishlaydi hamda haq yo'lda mustahkam turishga undaydi.
  • Zolim hukmdorlarning qudrati va kuchi ularni Allohning azobidan qutqara olmasligini anglash insonni faqat Allohga suyanishga chorlaydi.
  • Tarixdagi o'tgan ummatlarning qissalaridan ibrat olish — insonni gunoh va kufrdan saqlaydigan eng katta omillardan biridir.
  • Allohning yordami Payg'ambarlar va ularga ergashgan mo'minlar bilan ekanligi, zolimlarning oxiri halokat ekanligi Qur'on oyatlarida takror-takror bayon qilinishi mo'minlarning qalbini mustahkamlaydi va ularni ezgu amallarga undaydi.


📜 Oyat 10-14 — Sad surasi

10أَمْ لَهُم مُّلْكُ السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ۖ فَلْيَرْتَقُوا فِي الْأَسْبَابِ
Ёки осмонлару ернинг ва улар орасидаги нарсаларнинг мулки уларникими? Бас, унда сабаблари ила (осмонга) кўтарилсинлар!
11جُندٌ مَّا هُنَالِكَ مَهْزُومٌ مِّنَ الْأَحْزَابِ
Анави ердаги енгилган фирқалардан бўлган қандайдир лашкар.
12كَذَّبَتْ قَبْلَهُمْ قَوْمُ نُوحٍ وَعَادٌ وَفِرْعَوْنُ ذُو الْأَوْتَادِ
Улардан олдин ҳам Нуҳ қавми, Од, қозиқлар эгаси Фиръавн ҳам ёлғончи қилган.
13وَثَمُودُ وَقَوْمُ لُوطٍ وَأَصْحَابُ الْأَيْكَةِ ۚ أُولَٰئِكَ الْأَحْزَابُ
Ва Самуд, Лут қавми ва дарахтзор эгалари ҳам. Фирқалар ўшалардир.
14إِن كُلٌّ إِلَّا كَذَّبَ الرُّسُلَ فَحَقَّ عِقَابِ
Барчалари, албатта, Пайғамбарларни ёлғончи қилдилар. Бас, Менинг иқобим ҳақ бўлди.
SadQuron ro'yxati
88Oyat
MeccanRevelation
12Oyat

Tarjima — Sad 12

Sad surasi Oyat 12 - Oʻqish, Tingla, Tarjima, O'zbek : Улардан олдин ҳам Нуҳ қавми, Од, қозиқлар эгаси Фиръавн ҳам…

Sura Oyat 12/88 — Sad surasi ص (Meccan). Oʻqish Tingla Tarjima (O'zbek). Tingla: Sad surasi Tingla, Sad surasi Tarjima, Sad surasi mp3, Sad surasi pdf. Oyat 10–14. O'zbek tilida: Русский.




Muqaddas Qur'on


Tuesday, September 8, 2026

Don't forget us in your sincere prayers