Yosin · 36/83
Tarjima Translit — Yosin surasi
سُبْحَانَ الَّذِي خَلَقَ الْأَزْوَاجَ كُلَّهَا مِمَّا تُنبِتُ الْأَرْضُ وَمِنْ أَنفُسِهِمْ وَمِمَّا لَا يَعْلَمُونَ ۝٣٦
Subhaanal lazee khalaqal azwaaja kullahaa mimmaa tumbitul ardu wa min anfusihim wa mimmaa laa ya`lamoon
📖 O'zbek tilida
Ер ўстирадиган нарсалардан, уларнинг ўзларидан ва улар билмайдиган нарсалардан, барчасидан жуфтларни яратган зот пок бўлди.

🎧 Tingla
📜

Tarjima — Tafsir

Kalimalarning maʼnolari:

  • Subhana: Allohni har qanday nuqsondan poklash, ulugʻlash.
  • Azvoj: juftlar, turli xil navlar, zotlar, turlar.
  • Mimmā tunbitul-ard: yerdan unib chiqadigan narsalardan (oʻsimliklar, ekinlar, mevalar).
  • Min anfusihim: ularning oʻzlaridan (insonlarning oʻzlaridan, yaʼni erkak va ayol zotlaridan).
  • Mimmā lā yaʼlamūn: ular bilmaydigan narsalardan (boshqa maxluqotlardan).

Tafsir:

Alloh taolo har qanday nuqsondan pokdir, U zot barcha turdagi juftlarni — yerdan unib chiqadigan har xil oʻsimliklar, ekinlar va mevalarni, shuningdek, insonlarning oʻzlaridan erkak va ayol zotlarini yaratdi. Bundan tashqari, U insonlar bilmaydigan, yeru osmonlarda, quruqlik va dengizlarda mavjud boʻlgan son-sanoqsiz maxluqotlarni ham juft-juft qilib yaratdi. Alloh taolo yaratishda yolgʻiz Oʻzi xosdir, Uning hech qanday sherigi yoʻq. Shuning uchun Ungagina ibodat qilinishi lozim, Unga boshqa narsalarni sherik qilish notoʻgʻridir.


Foydalar:

  • Ushbu oyat Allohning qudrati va yaratishdagi yagonaligini koʻrsatadi. Yerdagi har bir narsa, insonlarning oʻzlari va ular bilmagan barcha maxluqotlar Allohning buyuk yaratuvchiligi dalilidir.
  • Inson tabiatdagi har bir juftlikni — oʻsimliklar, hayvonlar, insonlar — kuzatib, Allohning cheksiz qudratini anglaydi va Unga shukr qiladi.
  • Bu oyat insonni kamtarlikka undaydi: inson bilgan narsalari cheklangan, Alloh esa hamma narsani biladi va yaratadi. Shu bois inson faqat Allohga tavakkal qilishi va Ungagina ibodat qilishi kerak.
  • Allohning yaratishidagi goʻzallik va hikmatni tafakkur qilish inson qalbini imonga toʻldiradi va uni yaxshi amallarga yetaklaydi.


📜 Oyat 34-38 — Yosin surasi

34وَجَعَلْنَا فِيهَا جَنَّاتٍ مِّن نَّخِيلٍ وَأَعْنَابٍ وَفَجَّرْنَا فِيهَا مِنَ الْعُيُونِ
Ва унда хурмо ва узум боғлари яратдик ҳамда ичидан булоқларни чиқардик.
35لِيَأْكُلُوا مِن ثَمَرِهِ وَمَا عَمِلَتْهُ أَيْدِيهِمْ ۖ أَفَلَا يَشْكُرُونَ
Унинг меваларидан ва ўз қўллари қилган нарсалардан ейишлари учун. Шукр қилмайдиларми?!
36سُبْحَانَ الَّذِي خَلَقَ الْأَزْوَاجَ كُلَّهَا مِمَّا تُنبِتُ الْأَرْضُ وَمِنْ أَنفُسِهِمْ وَمِمَّا لَا يَعْلَمُونَ
Ер ўстирадиган нарсалардан, уларнинг ўзларидан ва улар билмайдиган нарсалардан, барчасидан жуфтларни яратган зот пок бўлди.
37وَآيَةٌ لَّهُمُ اللَّيْلُ نَسْلَخُ مِنْهُ النَّهَارَ فَإِذَا هُم مُّظْلِمُونَ
Улар учун кечаси ҳам оят-белгидир. Биз уни кундуздан шилиб оламиз. Бас, улар бирдан зулматда қолгувчилардир.
38وَالشَّمْسُ تَجْرِي لِمُسْتَقَرٍّ لَّهَا ۚ ذَٰلِكَ تَقْدِيرُ الْعَزِيزِ الْعَلِيمِ
Қуёш ўз истиқрори учун жараён этар. Бу азизу ўта билгувчи зотнинг тақдир қилганидир.
YosinQuron ro'yxati
83Oyat
MeccanRevelation
36Oyat

Tarjima — Yosin 36

Yosin surasi Oyat 36 - Oʻqish, Tingla, Tarjima, O'zbek : Ер ўстирадиган нарсалардан, уларнинг ўзларидан ва улар билмайдиган нарсалардан, барчасидан…

Sura Oyat 36/83 — Yosin surasi يس (Meccan). Oʻqish Tingla Tarjima (O'zbek). Tingla: Yosin surasi Tingla, Yosin surasi Tarjima, Yosin surasi mp3, Yosin surasi pdf. Oyat 34–38. O'zbek tilida: Русский.




Muqaddas Qur'on


Monday, September 7, 2026

Don't forget us in your sincere prayers