Nahl · 55/128
Tarjima Translit — Nahl surasi
لِيَكْفُرُوا بِمَا آتَيْنَاهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ ۝٥٥
Liyakfuroo bimaa aatainaahum; fatamatta`oo, faswfa ta`lamoon
📖 O'zbek tilida
Уларга берган нарсаларимизга куфр келтирурлар. Бас, ҳузурланиб туринглар, тезда билурсиз.

🎧 Tingla
📜

Tarjima — Tafsir

Kalimalarning ma'nolari:

  • لِيَكْفُرُوا – ya'ni, ularning oxirgi ishi shu bo'ldiki, Allohning ne'matlarini inkor etdilar.
  • بِمَا آتَيْنَاهُمْ – Biz ularga bergan ne'matlarimiz, xususan, baloni bartaraf etishimiz bilan.
  • فَتَمَتَّعُوا – bu tahdid va ogohlantirish ma'nosida: "Hayotdan lazzatlaninglar, zavqlaninglar".
  • فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ – ya'ni, yaqin orada o'z ishlaringizning oqibatini bilib olasizlar.

Tafsir:

Ushbu oyatda Alloh taolo mushriklarning ahvolini bayon qilmoqda: ular biron balo yoki qiyinchilikka uchrasa, Allohga iltijo qilib, yordam so'raydilar. Ammo Alloh ularning balosini aritib, yana o'z ne'matlarini bersa, ular bu ne'matlarni inkor etib, yana shirk va gunohlariga qaytadilar. Ulaming maqsadi faqat Allohning ne'matlariga noshukurlik qilishdir. Shundan so'ng Alloh ularga tahdid bilan: "Hayotdan zavqlanib, lazzatlaninglar, ammo tez orada o'z qilmishlaringizning jazosini bilib olasizlar", deydi. Bu yerda "tamattu'" (lazzatlanish) buyrug'i aslida tahdid va ogohlantirish ma'nosida kelgan bo'lib, ularning dunyoviy lazzatlari tezda tugashini va oxiratda azob kutayotganini bildiradi.

Foydalar:

  1. Inson biron baloga uchraganda Allohga iltijo qilishi, ammo balo arigach, yana noshukurlik qilishi – bu katta gunohdir. Mo'min kishi har doim Allohga shukr qilishi lozim.
  2. Allohning ne'matlarini inkor etish – kufrning belgilaridan biridir. Ne'matlar faqat og'iz bilan shukr qilish emas, balki amalda ham Allohga itoat qilish bilan shukr qilinadi.
  3. Dunyoviy lazzatlar vaqtinchalikdir; kimki bu lazzatlarga berilib, Allohning amridan yuz o'girsa, oxiratda pushaymon bo'ladi. Mo'min kishi dunyo lazzatlaridan o'rinli foydalanib, oxiratini ham unutmasligi kerak.
  4. Allohning jazosi kechikishi – Uning rahmli ekanligidan, lekin bu kechikish gunohkorni mag'rurlantirmasligi kerak, chunki jazo albatta keladi.


📜 Oyat 53-57 — Nahl surasi

53وَمَا بِكُم مِّن نِّعْمَةٍ فَمِنَ اللَّهِ ۖ ثُمَّ إِذَا مَسَّكُمُ الضُّرُّ فَإِلَيْهِ تَجْأَرُونَ
Сизда қайсики неъмат бўлса, Аллоҳдандир. Сўнгра қачонки сизга ёмонлик етса, Унгагина ёлборурсиз.
54ثُمَّ إِذَا كَشَفَ الضُّرَّ عَنكُمْ إِذَا فَرِيقٌ مِّنكُم بِرَبِّهِمْ يُشْرِكُونَ
Сўнгра У сиздан ёмонликни кушойиш қилган чоғда, кўрибсизки, сиздан бир гуруҳ ўз Роббларига ширк келтирурлар.
55لِيَكْفُرُوا بِمَا آتَيْنَاهُمْ ۚ فَتَمَتَّعُوا ۖ فَسَوْفَ تَعْلَمُونَ
Уларга берган нарсаларимизга куфр келтирурлар. Бас, ҳузурланиб туринглар, тезда билурсиз.
56وَيَجْعَلُونَ لِمَا لَا يَعْلَمُونَ نَصِيبًا مِّمَّا رَزَقْنَاهُمْ ۗ تَاللَّهِ لَتُسْأَلُنَّ عَمَّا كُنتُمْ تَفْتَرُونَ
Ва улар ўзлари (моҳиятини) билмаган нарсага Биз уларга берган ризқдан насиба ажратурлар. Аллоҳга қасамки, ўзингиз уйдирган ёлғон нарса ҳақида, албатта, сўралурсиз.
57وَيَجْعَلُونَ لِلَّهِ الْبَنَاتِ سُبْحَانَهُ ۙ وَلَهُم مَّا يَشْتَهُونَ
Улар қизларни Аллоҳники қилишадир. У (бундан) покдир. Уларга эса, кўнгиллари тусагани (эмиш).
NahlQuron ro'yxati
128Oyat
MeccanRevelation
55Oyat

Tarjima — Nahl 55

Nahl surasi Oyat 55 - Oʻqish, Tingla, Tarjima, O'zbek : Уларга берган нарсаларимизга куфр келтирурлар. Бас, ҳузурланиб туринглар, тезда билурсиз.

Sura Oyat 55/128 — Nahl surasi النحل (Meccan). Oʻqish Tingla Tarjima (O'zbek). Tingla: Nahl surasi Tingla, Nahl surasi Tarjima, Nahl surasi mp3, Nahl surasi pdf. Oyat 53–57. O'zbek tilida: Русский.




Muqaddas Qur'on


Monday, September 7, 2026

Don't forget us in your sincere prayers